» » Bundesliga. “Bavariya” autsayderni bazo‘r mag‘lub etdi

Bundesliga. “Bavariya” autsayderni bazo‘r mag‘lub etdi


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 23-turida “Bavariya” 21-fevral, juma kuni “Paderborn”ni qabul qildi.

“Alyans Arena”da bo‘lib o‘tgan bahsda myunxenliklar qiyinchilik bilan g‘alabaga erishdi. “Bavariya” safida Robert Levandovski dublga erishgan bo‘lsa, yana bir golni Serj Gnabri urdi. Mehmonlarning javob to‘plariga Dennis Srbeni va Sven Mixel muallif bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Bavariya” ochkolarini 49 taga yetkazib oldi va peshqadamlikda davom etmoqda. “Paderborn” (16) esa so‘nggi, 18-o‘rindan joy olgan.

Bundesliga

23-tur bahsi

21-fevral, juma

Gollar: 1:0 – 25 Gnabri, 1:1 – 44 Srbeni, 2:1 – 70 Levandovski, 2:2 – 75 Mixel, 3:2 – 88 Levandovski.

“Bavariya”: Noyer, Kimmix, Alaba, Lyuka Ernandes, Odriosola (Koman, 63), Tolisso (Zirkzye, 87), Alkantara, Devis, Gnabri, Koutinyo (Myuller, 63), Levandovski.

“Paderborn”: Singerle, Yans, Shtrodik, Shonlau, Holtmann (Yastshembski, 29), Preger, Gyasula, Vasiliadis, Antvi-Ajey, Srbeni (Fridyounsson, 81), Mamba (Mixel, 53).

Ogohlantirishlar: Gyasula (34), Lyuka Ernandes (54), Mixel (61), Antvi-Ajey (84).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют