» » Armaniston va Turkiya koronavirus sabab Eron bilan chegarani yopdi

Armaniston va Turkiya koronavirus sabab Eron bilan chegarani yopdi


Armaniston Eron islom respulikasida koronavirus infeksiyasi tarqalgani sababli mamlakat bilan chegarani ikki haftaga yopdi va aviaqatnovlarni ham bekor qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan Facebook’dagi sahifasida e’lon qilgan.

Turkiya hukumati ham deyarli shu yo‘lni tutgani aytilmoqda. Gruziya ham chegaradagi nazoratni kuchaytirib, Eron bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni cheklab qo‘ygan.

Eronda COVID-19 koronavirusini yuqtirib olish bo‘yicha 43 ta holat qayd etilgan. Sakkiz nafar odam infeksiya tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Eron islom respublikasi koronavirusning oxirgi bosqichi qayd etilgan holatlar soni ya’ni odamlarning o‘limi bo‘yicha Xitoydan keyin 2-o‘rinda qolmoqda.

Mavzuga doir: 

Koronavirus 2019-yil dekabr oxirlarida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqala boshlagan. Koronavirus Xitoyning materikli qismidan tashqarida jami 28 mamlakatda kuzatilgan: AQSh, Rossiya, Italiya, Fransiya, Isroil, Eron, Misr, Ispaniya, Tayvan, Yaponiya va boshqalar. 23-fevral holatiga butun dunyoda jami 78 724 nafar odam koronavirusga chalingan, ularning 2,4 ming nafardan ko‘prog‘i ushbu kasallikdan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют