» » Tramp Si Szinpin koronavirus muammosini bartaraf etishiga ishonishini bildirdi

Tramp Si Szinpin koronavirus muammosini bartaraf etishiga ishonishini bildirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpin yangi turdagi koronavirus sabab yuzaga kelgan pnevmoniya epidemiyasini bartaraf eta olishiga ishonishini bildirdi. Bu haqda u Hindistonga uchib ketishidan oldin Oq uyda jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatida ma’lum qilgan, deb xabar berdi “TASS”.

“Koronavirus katta muammo, ammo Si Szinpin o‘z mamlakatini yaxshi ko‘radi. U judayam ko‘p ishlayapti va muammoga yechim topadi”, — deydi prezident.

“Amerika hukumati jarayonlarda faol ishtirok etmoqda, sodir bo‘layotgan voqealardan yaxshi xabardormiz. Yurtimizdagi vaziyat to‘liq bizning nazoratimiz ostida”, — deya qayd etadi Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQShda koronavirus 12 kishida aniqlangan bo‘lib, aksariyatining ahvoli yaxshilangan.

Mavzuga doir: 

Avvalroq AQSh Rossiyani koronavirus bilan bog‘liq yolg‘on ma’lumotlar tarqatishda ayblagan edi. Ularning aytishicha, Rossiyaning Twitter, Facebook va Instagram’dagi feyk akkauntlari aynan Qo‘shma Shtatlar virus yaratilishi ortida turgani va koronavirus Markaziy razvedka boshqarmasi ishlab chiqqan biologik qurol ekanligi haqidagi ma’lumotlarni tarqatmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 126) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют