» » O‘zbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligi fuqarolarni 2,6 mlrd so‘mga chuv tushirgani aniqlandi

O‘zbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligi fuqarolarni 2,6 mlrd so‘mga chuv tushirgani aniqlandi


Surxondaryoda yana bir bandlik agentligining firibgarligi fosh etildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.J.O.” xususiy bandlik agentligi MChJ rahbari Sh.A. va boshqalar 2019-yil davomida fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilgani aniqlangan.

Ular Daniya va Shveysariya davlatlariga ishga yuborish uchun 61 nafar fuqaroning har biridan 45 million so‘mdan jami 2,6 milliard so‘mni jamiyatning bank hisob raqamiga o‘tkazdirgan. Ammo ishga yubormasdan fuqarolarning manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, jamiyatga aloqador shaxslar 2019-yilning iyul oyida Koreyaga ishga yuborish vaji bilan 4 nafar fuqarolarning 16 500 dollar hamda 125 million so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “I.J.O.” xususiy bandlik agentligi MChJ rahbari Sh.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

2019-yil oktabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Korean and migrations xususiy bandlik agentligi MChJga berilgan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etuvchi litsenziya to‘xtatilgani hamda shu yili noyabrda O‘zbekistonda firibgarlikda gumonlanayotgan Janubiy Koreya fuqarosiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar berilgan, ushbu jinoiy ishi bo‘yicha tergov tafsilotlari ma’lum qilingandi.

Yanvar oyida esa “O.” xususiy bandlik agentligi Koreyada ishlash orzusidagi fuqarolarni 35 ming dollarga chuv tushirgani aniqlangan, Mehnat vazirligi fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga joylashtirishga xususiy bandlik agentliklarining vakolati yo‘qligini ma’lum qilgandi.

Human xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rganlarning esa pullari qaytarilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют