» » O‘zbekistonda yana bir bandlik agentligi Yevropada ishlash orzusidagi fuqarolarni 51 ming dollarga chuv tushirdi

O‘zbekistonda yana bir bandlik agentligi Yevropada ishlash orzusidagi fuqarolarni 51 ming dollarga chuv tushirdi


Xorijiy davlatlarda ish bilan ta’minlash evaziga fuqarolarning 51 500 dollarini qo‘lga kiritgan korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.X.bandlik agentligi” MChJ mansabdor shaxslari bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni aldab Germaniya, Chexiya, Litva va boshqa davlatlarda shartnoma asosida ish bilan ta’minlash evaziga jami 51 500 dollarni qo‘lga kiritib, ularni ish bilan ta’minlamasdan mablag‘larni o‘zlashtirib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “I.X.bandlik agentligi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют