» » Huawei ilmiy izlanishlarga yiliga 20 mlrd dollargacha ajratishi ma’lum qilindi

Huawei ilmiy izlanishlarga yiliga 20 mlrd dollargacha ajratishi ma’lum qilindi


Huawei ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlariga har yili 10—20 milliard dollar miqdorida investitsiya ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari Syuy Chjitszyun ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Kelgusida biz uchun asosiy yo‘nalish ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlariga investitsiyalar kiritish bo‘ladi. Ularning yillik hajmi 10—20 milliard dollarni tashkil etadi. Shu tariqa Huawei raqamlashtirish va intellektuallashtirishda ortda qolmasligini kafolatlaymiz”, — deya ta’kidladi Syuy Chjitszyun. 

2016-yil yakunlari bo‘yicha kompaniyaning ushbu sohaga kapital qo‘yilmalari umumiy daromadlarining 14,6 foizini tashkil etdi va 76,4 milliard yuanga (11,1 milliard dollar) yetdi.  “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют