» » Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 893 kishiga yetdi

Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 893 kishiga yetdi


Janubiy Koreyada yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha yana 60 ta holat qayd etildi, bir kishi vafot etdi. Butun mamlakat bo‘ylab esa kasallikka chalinganlar soni 893 kishini tashkil etmoqda, jami sakkiz kishi vafot etgan. Bu haqda Janubiy Koreya kasalliklar profilaktikasi va ularni nazorat qilish markaziga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Janubiy Koreyada epidemiologik xavf darajasi to‘rtinchi (qizil)ga qadar ko‘tarilgan.

22 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 13 273 kishi tekshiruvdan o‘tkazilgan. Vafot etganlarning olti nafari Chxondo shahrida Tenam okrugidagi shifoxonada bo‘lgan. Kasallanish bo‘yicha 16 ta yangi holat Tegu shahri, 33 tasi Kyonsan-Pukto provinsiyasida aniqlangan bo‘lib, qolganlari mamlakatning turli viloyatlarida.

Mavzuga doir: 

Koronavirus bilan kasallanganlarning 500 ga yaqini Tegu shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Janubiy Koreya aviakompaniyalari shaharga qatnovchi reyslarni vaqtincha bekor qildi. Aynan Tegu shahrida virus bilan kasallangan 61 yoshli ayol Sinchxonji diniy tashkilotiga kelib, o‘zi bilmagan holda minglab odamlarga uni yuqtirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 73) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют