» » Ispaniyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holat qayd etildi

Ispaniyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holat qayd etildi


Ispaniyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana bir holat qayd etildi. Bu haqda Kanar orollari hukumatining Sog‘liqni saqlash bo‘yicha kengashiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Bunga qadar Ispaniyada ikki kishida koronavirus aniqlangan edi. Keyinroq ikkala bemor ham davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Kanar orollari hukumatining sog‘liqni saqlash bo‘yicha kengashi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Tenerif oroliga kelgan Italiya fuqarosida koronavirus aniqlangan. Tahlillar Madriddagi Karlos III institutiga qayta tekshiruvlar uchun yuborilgan.

Ta’kidlanishicha, erkak izolyatsiyada va sanitar nazorat ostida.

Mavzuga doir: JSST Xitoyda koronavirus tarqalishining sekinlashganligini tasdiqladi

Koronavirus 2019-yil dekabr oxirlarida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqala boshlagan. Koronavirus Xitoyning materikli qismidan tashqarida jami 28 mamlakatda kuzatilgan: AQSh, Rossiya, Italiya, Fransiya, Isroil, Eron, Misr, Ispaniya, Tayvan, Yaponiya va boshqalar. 24-fevral holatiga ko‘ra, butun dunyoda jami 78 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan, ularning 2,6 ming nafardan ko‘prog‘i ushbu kasallikdan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют