» » Bahrayn koronavirus tufayli Dubay va Sharjadan aviareyslarni qabul qilishni to‘xtatdi

Bahrayn koronavirus tufayli Dubay va Sharjadan aviareyslarni qabul qilishni to‘xtatdi


Bahrayn fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi koronavirus tarqalishi sharoitida Dubay xalqaro aeroporti va BAAning Sharja xalqaro aeroportidan keladigan barcha reyslarni 48 soatga to‘xtatib qo‘yganligini ma’lum qildi. “TASS”ning yozishicha, bu haqda BNA Bahrayn agentligi xabar berdi.

24-fevral kuni Bahraynda koronavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etilgani haqida xabar berilgan edi. Virus Erondan kelgan Bahrayn fuqarosida aniqlangan. Kasal odam va u bilan aloqda bo‘lganlarning barchasi shifokorlar guruhi nazorati ostida Manamadagi tibbiy markazda karantinga olingan.

“Bahrayn Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi ayni vaqtdan boshlab Dubay xalqaro aeroporti va Sharja xalqaro aeroportidan keluvchi barcha reyslarning 48 soat davomida bekor qilinishini e’lon qildi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Ta’kidlanishicha, Bahrayn xalqaro aeroportiga keluvchi, virusga shubhalanganlarning barchasi tekshiriladi, shuningdek kasallik belgilari aniqlangan taqdirda darhol izolyatsiya va davolash uchun maxsus markazlarga yuboriladi.

Avvalroq Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etilgani sababli Hirotda favqulodda holat e’lon qilingani, Iroqda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat aniqlangani xabar berilgan edi. Ozarbayjonda esa 2 kishi koronavirus gumoni bilan kasalxonaga yotqizildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют