» » Ispaniyaning Tenerife orolida koronavirus yuqtirib olgan mehmon sababli ichida ming kishi bo‘lgan mehmonxona izolyatsiya qilindi

Ispaniyaning Tenerife orolida koronavirus yuqtirib olgan mehmon sababli ichida ming kishi bo‘lgan mehmonxona izolyatsiya qilindi


Ispaniyaning Tenerife orolida joylashgan va ichida taxminan ming kishi bo‘lgan H10 Costa Adeje Palace mehmonxonasi sog‘liqni saqlash organlari tomonidan izolyatsiya qilindi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mehmonxonada bir haftadan buyon yashayotgan Italiya fuqarosida 24-fevral, dushanba kuni, koronavirus aniqlangach, mehmonxonadan sayyohlarni chiqarish to‘xtatilgan. Ispaniya rasmiylari kasallangan kishi bilan aloqada bo‘lgan barcha kishilarni tekshirmoqda.

Avvalroq Ispaniyada uch kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Dunyo bo‘yicha koronavirusni yuqtirib olganlar soni 25-fevral holatiga ko‘ra, 80 ming kishidan oshib ketdi, qurbonlar soni esa 2700 kishiga yetdi. Yevropada kasallik tarqalishining eng yirik markazi Italiyada joylashgan bo‘lib, u yerda 229 ta holat qayd etilgan, yetti kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: JSST Xitoyda koronavirus tarqalishining sekinlashganligini tasdiqladi

25-yanvar holatiga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 977 nafarga yetdi. Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 2,6 ming kishidan oshib ketdi. Bahrayn koronavirus tufayli Dubay va Sharjadan aviareyslarni qabul qilishni to‘xtatdi. Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarida koronavirus aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Diamond Princess kruiz kemasi Yaponiyaning Yokogama portida 4-fevraldan beri karantinda turibdi. Kemada virus tarqalayotgani 1-fevral kuni Gonkongda tushib qolgan 80 yoshlik yo‘lovchida yangi turdagi virus aniqlanganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan edi. Kemada jami 3,7 ming kishi bo‘lgan, ularning 600 nafariga koronavirus tashxisi qo‘yilgan.

19-fevral, chorshanba kuni, kemadagi sayyohlarning dastlabki guruhiga kemadan sohilga tushishga ruxsat berildi. Shu kuni kemani tark etgan 500 nafar yo‘lovchining 300 dan ortig‘i AQSh fuqarolari edi. Laynerning barcha sog‘lom yo‘lovchilarini 21-fevralga qadar evakuatsiya qilish rejalashtirilgan edi.

Sohilga tushgan yo‘lovchilar orasida virusni tashuvchilar borligi haqida avvalroq Avstraliya hukumati ma’lum qilgan edi. Tahlillar ushbu mamlakatning kemada bo‘lib, so‘ng vatanga qaytgan ikki fuqarosida koronavirus borligini ko‘rsatgan edi. Shuningdek, kemadan evakuatsiya qilingan 11 nafar amerikalikda ham koronavirus aniqlangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kemada tekshiruvdan o‘tkazilgan 691 kishida koronavirus aniqlangan, 4 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют