» » O‘zbekistonda 25-fevralgacha 1225 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi. Ularda kasallik aniqlanmadi

O‘zbekistonda 25-fevralgacha 1225 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi. Ularda kasallik aniqlanmadi


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 25-fevral, seshanba kuni, olingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning 24-fevral, dushanba kuni, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy davlatlardan 32 ta reys orqali 4430 kishi qabul qilingan. Temir yo‘llar orqali 3 ta poyezdda jami 603 kishi, shuningdek, davlat chegara bojxona postlari orqali 1815 ta avtotransport vositasining egalari va 31 324 nafar yo‘lovchi mamlakatga kirib kelgan va ularning barchasi termometriyadan o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, 24-fevralda O‘zbekistonga kelgan kishilarning 35 nafari Xitoy fuqarolari hamda 4 nafari Xitoyda bo‘lib qaytayotgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlari davomida epidemiologik ko‘rsatmaga asosan, 2020-yilning 25-fevraliga qadar jami 1225 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi va koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabining ma’lum qilishicha, 2020-yilning 25-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi.

Mamlakat aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalari talablari asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda, deyiladi xabarda.

Agentlikning xabar berishicha, dunyo bo‘yicha 80 147 kishi, Xitoyda 77 779 kishi koronavirus COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan, kunlik o‘sish 517 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda agentlik tomonidan xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, kasallanganlarning 9126 nafari og‘ir ahvolda bo‘lib, 2666 nafari ushbu kasallikdan vafot etgan. Kasallik Xitoydan tashqari dunyoning 36 ta davlatida 2368 kishida qayd etilib, 29 kishi vafot etgan.

Janubiy Koreyada 977 kishi koronavirus bilan kasallanib, ulardan 10 nafari vafot etgan. Italiyada 230 ta kasallanish holati ro‘yxatga olinib, ulardan 7 nafari vafot etgan. Eronda esa 61 kishi kasallik bilan zararlangan, ulardan 12 nafari qurbon bo‘lgan. Afg‘onistonda 1 kishining koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan.

Mavzuga doir:Avstriyada koronavirus yuqtirib olgan dastlabki ikki kishi aniqlandi

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi mamlakatda o‘tgan bir sutka davomida COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar 71 kishini (ularning aksariyati Xubey provinsiyasidan) tashkil etib, jami vafot etganlar soni 2663 kishiga yetganini ma’lum qildi. Qayd qilinishicha, Xitoyda 24-fevral, dushanba kuni, virusni yuqtirib olish bo‘yicha 508 ta holat aniqlangan, 2589 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgani aytilmoqda. Bugunga kelib, infeksiyadan jami 27 230 kishi davolangan, butun Xitoy bo‘ylab 641 ming odam tekshiruvlardan o‘tkazilgan bo‘lib, kasallikka chalinganlar 77 mingdan ortiq odamni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: Xitoydan tashqarida avj olayotgan koronavirus bo‘yicha 25-fevralning muhim xabarlari

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarida koronavirus aniqlandi. Bahrayn koronavirus tufayli Dubay va Sharjadan aviareyslarni qabul qilishni to‘xtatdi. Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 977 nafarga yetdi. Fransiyada koronavirusga chalingan bemorlar davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Yaponiyada davlat idoralariga xodimlarini uy sharoitida ishlashga o‘tkazish buyurildi. Ispaniyaning Tenerife orolida koronavirus yuqtirib olgan mehmon sababli ichida ming kishi bo‘lgan mehmonxona izolyatsiya qilindi. AQSh aprel oxirigacha koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Koronavirus tufayli Yevro—2020 musobaqasi bekor qilinishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют