» » Koronavirus Janubiy Amerika qit’asida ham qayd etildi

Koronavirus Janubiy Amerika qit’asida ham qayd etildi


Braziliyada birinchi marta koronavirusga chalinish holati tasdiqlandi. Shu tariqa Osiyoda paydo bo‘lgan epidemiya sharoitida Janubiy Amerikada birinchi kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda 26-fevral, chorshanba kuni, Business Insider xabar berdi.

Nashrning yozishicha, koronavirus yuqtirgan odam 61 yoshli erkak bo‘lib, u Italiyaning Lobardiya provinsiyasida 12 kun bo‘lganidan keyin San-Pauluga qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, Italiyada koronavirusga chalinishning dastlabki holati yanvar oyida kuzatilgan, kasallik xitoylik ikki sayyohdan topilgandi. Fevral oyiga kelib esa kasallanganlar soni yana ortib, virus Italiyaning jami beshta viloyatida qayd etilgan.

Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte mamlakat shimolida tarqalgan koronavirus infeksiyasiga qarshi amalga oshirilgan chora-tadbirlar yaqin kunlarda o‘z samarasini berishiga ishonishini ma’lum qilgan.

Apennin yarim orolida 25-fevral holatiga ko‘ra, koronavirusga yo‘liqqan bemorlar soni 280 nafardan oshib ketgan. Yetti nafar fuqaro vafot etgan, ulardan oltitasi Italiya shimolidagi Lombardiyada yashagan. Barcha o‘lim holatlari yoshi keksa insonlarda, xususan, o‘simta kasalliklari bilan og‘riganlarda kuzatilgan.

Hozirda Italiyada ikki hudud – Lombardiyada Kodonyo shaharchasi yaqinida 10 ta kommuna izolyatsiya qilingan, shuningdek, Veneto viloyatidagi Vo shahri karantinda.

Koronavirus tarqalishi sababli Italiyada karnaval, modalar namoyishi, futbol uchrashuvlari bekor qilindi. Italiya poyezdlarining yo‘lovchilari esa koronavirusga tekshirilgandan keyingina Avstriya chegarasidan o‘tishga ruxsat berilmoqda.

Mavzuga doir: JSST davlatlar koronavirusning tezlik bilan tarqalishiga tayyor emasligini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют