» » Toshkent Transport universiteti tashkil etilishi mumkin

Toshkent Transport universiteti tashkil etilishi mumkin


Transport vazirligi “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidentining qarori loyihasi muhokamaga qo‘ydi.

Unga ko‘ra, Transport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti va Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti negizida Toshkent transport universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Belgilab qo‘yilishicha:

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti hamda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutlarining akademik litseylari negizida Toshkent transport universiteti akademik litseyi tashkil etiladi.

Akademik litseyni moliyalashtirish Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yiladi.

Kelgusida mehnat faoliyati xususiyatlari va o‘quv amaliyoti transport vositasi harakati hamda insonlar hayoti xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha universitetga o‘qishga hujjat topshirishlaridan oldin abituriyent va talabalarni temir yo‘l transporti bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining hududlardagi temir yo‘l poliklinikalarida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot komissiyasida, shuningdek havodagi harakatni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tibbiy sanitariya bo‘limining vrachlik-uchuvchilik ekspert komissiyasida ko‘rikdan o‘tkazish tartibi saqlab qolinadi.

Quyidagilar universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:

Moliya vazirligi davlat granti asosida tahsil olayotgan universitet talabalarini o‘qitish sarf-xarajatlari amaldagi tartibda davlat budjeti tomonidan moliyalashtirilishini ta’minlaydi.

Universitetda budjetdan tashqari (to‘lov-kontrakt) mablag‘lar hisobidan boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun Maxsus jamg‘arma ularning mehnatga haq to‘lash fondining 200 foizigacha miqdorida tashkil etiladi.

Belgilanishicha:

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют