» » Koronavirus sababli Eron fuqarolarining Rossiyaga kirishi taqiqlandi

Koronavirus sababli Eron fuqarolarining Rossiyaga kirishi taqiqlandi


Rossiya hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida Eron fuqarolarining mamlakatga kirishini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya hukumatning 28-fevral, juma kuni, e’lon qilingan qaroriga muvofiq, cheklovlar Rossiyaga o‘qishga, ishlashga, shuningdek, shaxsiy, sayyohlik va tranzit maqsadida kelmoqchi bo‘lgan eronliklarga nisbatan qo‘llaniladi.

Eron bilan aviaqatnovlar ham cheklangan. Erondan kelgan chet elliklar chegaradan faqat Moskvadagi Sheremetyevo aeroporti orqali o‘tishi mumkin. 28-fevral kunidan boshlab Erondan Rossiyaning boshqa aeroportlariga amalga oshiriladigan parvozlar bekor qilindi.

Shunga o‘xshash cheklovlar Janubiy Koreyadan amalga oshiriladigan reyslarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Mazkur mamlakat bilan aviaqatnovlar 1-mart kunidan to‘xtatiladi.

Janubiy Koreyada 28-fevral kuni ertalabki holatga ko‘ra, kasallanganlar soni 2022 kishiga yetdi, bir kunda yana 256 kishi virus yuqtirgan. Mamlakatda 13 kishi kasallikdan vafot etdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus tashxisi qo‘yilgan 245 kishidan 26 nafari vafot etgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taxmin qilishicha, Eronda kasallanganlar soni hozirgacha ma’lum holatlarga qaraganda ancha ko‘p bo‘lishi mumkin. Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari hamda xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezident koronavirus bilan kasallangan. Eronning Vatikandagi sobiq elchisi koronavirus tufayli vafot etdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ozarbayjonda Rossiya fuqarosida koronavirus aniqlandi. Belarus, Litva va Yangi Zelandiyada koronavirus bilan kasallangan ilk bemorlar aniqlandi. Shuningdek, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning qariyb 46 foizi tuzalgani ma’lum bo‘ldi. Koronavirus Yevropa bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. Saudiya Arabistoni 7 ta davlat fuqarolariga sayyohlik vizasini berishni to‘xtatdi.

Koronavirus sabab “Yuventus”—“Inter” va A Seriyaning yana to‘rtta o‘yini tomoshabinlarsiz o‘tadi. “Paxtakor”ning OChLdagi o‘yini esa qoldirildi. Shveysariyada esa Jeneva avtosaloni bekor qilindi.

JSST rahbari barcha davlatlarni koronavirusning muqarrarligi haqida o‘ylashga chaqirdi. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi hamda O‘zbekistonda koronavirusning oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar xotirjam bo‘lishga asos bo‘lmasligi aytildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют