» » Qarshi, Nukus va Urganchda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiallari ochiladi

Qarshi, Nukus va Urganchda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiallari ochiladi


O‘zbekistonning uch shahrida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiallari ochiladi. Bu haqda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, Respublika viloyatlarida universitetning filiallarini ochish mo‘ljallanmoqda. Bunda:

Bu borada hududlarda kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, kadrlarga talab mavjud bo‘lgan hududlarda hokimliklar bilan kelishilgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, hokimliklar yordamida yillar kesimida universitet filiali tashkil etish uchun moddiy texnika bazasini yaratish, yillar kesimida hududlarda universitet filiallarida o‘quv jarayonini tashkil etish, davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarining loyihalarini ishlab chiqish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga kiritish rejalashtirilgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, viloyat hokimliklari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshiruvchi mas’ullar hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют