» » Toshkent davlat yuridik universitetining hududiy filiallari ochilishi mumkin

Toshkent davlat yuridik universitetining hududiy filiallari ochilishi mumkin


Adliya vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrga qadar hududlarning yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda Toshkent davlat yuridik universitetining hududiy filiallarini tashkil etish yuzasidan taklif kiritish topshiriladi. Bu Prezidentning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, mazkur hujjatga binoan Adliya vazirligi:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va Milliy gvardiya bilan birgalikda ikki oy muddatda Jizzax politexnika instituti negizida mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda Jizzax viloyati ichki ishlar organlarining oliy noyuridik ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlarini qayta tayyorlash sayyor kurslarini tashkil etadi;

Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya bilan birgalikda Toshkent shahar hokimiyati ko‘magida ikki oy muddatda chet el o‘quv markazlari va ta’lim muassasalariga tanishuv safarlarini tashkil etishni nazarda tutgan holda poytaxt hududining huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun yuridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribaning o‘rganilishini ta’minlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют