» » Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun juda tez qurilgan maxsus shifoxonalarning birinchisi yopildi

Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun juda tez qurilgan maxsus shifoxonalarning birinchisi yopildi


Xitoyning Xubey provinsiyasida koronavirus bilan kasallangan odamlar uchun juda tez fursatda qurib tugatilgan vaqtinchalik shifoxonalarning birinchisi yopib qo‘yildi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.

Shifoxona oxirgi bemorlar chiqib ketganidan keyin o‘z faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan. Ushbu muassasa koronavirusga chalinganlarni davolash uchun qurilgan 16 ta vaqtinchalik shifoxonalarning eng kattasi hisoblanardi.

Kasalxona rahbari oyning oxirigacha qolgan shifoxonalar ham yopilishi rejalashtirilganligini bildirgan.

1-mart kuni koronavirus o‘chog‘i Xubey viloyatida 196 ta yangi kasallanish holati kuzatilgan. Infeksiya bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlarning kunlik o‘rtacha soni keskin kamaygan.

Xitoyning qolgan shaharlarida ham kasallanganlar soni borgan sari kamaygan va 2-mart holatiga ko‘ra, bor-yo‘g‘i 6 ta yangi holat qayd etilgan.

Mavzuga doir: 

Avval Xitoyda sun’iy intellektning koronavirus yuqtirib olganlarni aniqlashda yordam berishni boshlagani, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 88 ming kishidan oshib ketgani, shuningdek koronavirusning tarqalishi Xitoyda zavod hamda fabrikalardan atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning keskin kamayishga turtki bo‘lgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют