» » Janubiy Koreyadan olib kelingan o‘zbekistonliklar kuniga 2 mahal tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

Janubiy Koreyadan olib kelingan o‘zbekistonliklar kuniga 2 mahal tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda


Janubiy Koreyadan charter reys bilan O‘zbekistonga olib kelingan fuqarolar kuniga 2 mahal tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma’lum qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, ular 14 kun muddat (kasallikning yashirin davri) davomida tibbiy kuzatuvga olish uchun maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi. Fuqarolar kuniga 2 mahal tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Fuqarolar orasida koronavirus infeksiyasi kasalligi alomatlari aniqlanmagan.

Ma’lumot uchun, 1-mart kuni Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy davlatlardan 28 ta reys orqali 4 422 nafar, temir yo‘llar orqali 5 ta poyezdda jami 702 nafar shaxs, shuningdek, davlat chegara bojxona postlari orqali 1 816 ta avtotransportlarning egalari va 40 654 nafar yo‘lovchi termometriyadan o‘tkazilgan. Xitoydan 21 nafar Xitoy fuqarosi va 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shunungdek, Janubiy Koreyadan 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi kelgan bo‘lib, ularning boradigan manzillari aniqlanib, salomatlik holati ustidan tibbiy kuzatuv tashkil etilgan.

Epidemiologik ko‘rsatmaga asosan, 2-mart kuniga qadar jami 1 478 ta namuna COVID-19 koronavirus infeksiyasiga tekshirildi, ularda mazkur infeksiya aniqlanmagan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni ma’lum qiladiki, 2-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus kasalligi qayd etilmadi.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 80,1 ming kishidan oshib ketdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-martdan boshlab Janubiy Koreyada koronavirus avj olishi sababli Seulga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatib turgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olishi sababli Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yilning 1-martidan boshlab Tokio va Rimga bo‘lgan yo‘nalishdagi qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют