» » Andijonda bir necha kadastr rahbarlari ishdan olindi

Andijonda bir necha kadastr rahbarlari ishdan olindi


Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayev Andijonda bir necha rahbarlarni ishdan oldi.

Qo‘mita matbuot xizmatining xabar berishicha, Abdushukur Abdullayev 26-fevral kuni Andijon viloyati yer resurslari va davlat kadastri rahbar hamda xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarab sohaga oid Prezidentning farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlamaganliklari va tumanda yetarli darajada ishni tashkil etmaganligi uchun Ulug‘nor, Jalaquduq va Shahrixon rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Mavzuga doir: Abdushukur Abdullayev: Kadastr sohasi mutaxassislari dinozavrlardek yo‘qolib ketdi

Shuningdek, yer maydonlaridan foydalanishni nazorat qilish ishlari va xatlovlar yakuni bo‘yicha tumanda yetarli darajada ish tashkil etmaganligi uchun Izboskan, Qo‘rg‘ontepa tumanlari hamda Andijon shahar filiali rahbarlariga intizomiy jazo berildi.

Yig‘ilishda qo‘mita raisi bo‘sh turgan yer maydonlarini auksion savdolariga qo‘yish Andijon viloyatida “qoniqarsiz” holatda ekanligi, viloyatda 6 500 gektar atrofida bo‘sh turgan yer maydonlari mavjudligiga qaramasdan noqonuniy ravishda uy-joylar va ijtimoiy obyektlar qurilishi asosan ekin yerlarda amalga oshirilayotganligi jiddiy tanqid qildi.

Xabarda aytilishicha, qo‘mita raisi bundan avval Qashqadaryo viloyatida ham 10 nafar rahbar va xodimlarini egallab turgan vazifasidan ozod etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют