» » O‘zbekistonda koronavirus tarqalgan 14 davlatdan kelgan fuqarolarni karantinga olish haqida qaror qabul qilindi. Karantinni buzganlar javobgarlikka tortiladi

O‘zbekistonda koronavirus tarqalgan 14 davlatdan kelgan fuqarolarni karantinga olish haqida qaror qabul qilindi. Karantinni buzganlar javobgarlikka tortiladi


O‘zbekiston bosh davlat sanitariya vrachi Bahrom Almatov yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish holatlari aniqlangan mamlakatlardan O‘zbekistonga kelgan fuqarolarni karantin va izolyatsiyaga olish to‘g‘risida qaror chiqargan. Qaror 27-fevralda imzolangan, biroq uning mazmuni haqida 4-martga kelibgina axborot berildi.

Qarorga ko‘ra, Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya, Afg‘oniston, Yaponiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali, bir vaqtda uyushgan holda kirib kelgan fuqarolar 14 sutkaga karantinga olinadi. Ularga karantin mobaynida karantinizatsiya joyini tark etishga ruxsat berilmaydi. Karantin tugagach (shifoxonadan chiqqach), 10 kun mobaynida tibbiyot xodimi tomonidan telefon orqali so‘rash o‘tkaziladi.

Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya, Afg‘oniston, Yaponiya, Fransiya, AQSh, Germaniya, Singapur, Ispaniya, Gonkong, Makao, Tayvandan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali, uyushmagan holda kirib kelgan fuqarolar, agar oxirgi tashrifidan 14 kundan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, uy sharoitida izolyatsiya (uy karantiniga) olinadi. Bu fuqarolar 14 sutka davomida yashash joyida (uy, mehmonxona, yotoqxona va boshqa) doimiy ravishda izolyatsiyada bo‘lishi lozim, oila a’zolaridan tashqari kishilar bilan muloqotda bo‘lmasliklari, aholining ommaviy to‘planadigan joylariga borishiga ruxsat etilmaydi.

Tailand, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Malayziya, BAAdan kelgan fuqarolar, xususan, ekipaj a’zolari, lokomotiv brigadalari, temiryo‘l transporti faoliyati bilan bog‘liq shaxslar va xalqaro avtoulovlarda yuk tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilar yashash joylaridagi davolash-profilaktika muassasalari shifokorlari tomonidan 14 kun mobaynida tibbiy kuzatuvga olinadi. Ularga aholi ommaviy to‘planadigan joylarga bormaslik, odamlar bilan muloqotni mumkin qadar kamaytirish tavsiya qilinadi.

Bahrayn, Kuvayt, Armaniston, Belarus, Ummon, Pokiston, Gruziya, Chexiya, Iroq, Livan, Kanada, Litva, Estoniya, Ruminiya, Gretsiya, Niderlandiya, Norvegiya, Avstriya, Daniya, Shvetsiyadan kelgan fuqarolarning sog‘lik holati yuzasidan esa distansion monitoring olib boriladi — agar ularning oxirgi tashrifidan 14 kundan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, ulardan telefon orqali xabar olinadi. Ayni vaqtda, ularga ham aholi ommaviy to‘planadigan joylarga bormaslik, odamlar bilan muloqotni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Qaror ilovasida alohida ta’kidlanishicha, Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya, Afg‘oniston, Yaponiya, Fransiya, AQSh, Germaniya, Singapur, Ispaniya, Gonkong, Makao, Tayvandan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali, bir vaqtda uyushgan yoki uyushmagan holda O‘zbekistonga kirib kelgan hamda shifoxonada yoki uy sharoitida karantinga olingan shaxslar intizomni buzish holatlari kuzatilsa, ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning uch baravari (4-mart holatiga — 669 ming so‘m)dan 5 baravari (1,115 ming so‘m)gacha jarima), Jinoyat kodeksining 195-moddasi (mansabdorlar tomonidan atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik — kamida 22,3 million so‘m jarima, ko‘pi bilan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi) va 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish — kamida 11,15 millin so‘m jarima, ko‘pi bilan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi) bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют