» » O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi rasmiy Telegram-kanalini ochdi

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi rasmiy Telegram-kanalini ochdi


29-fevraldan O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi huzurida operativ shtab o‘z ishini boshladi va u Janubiy Koreyada COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar 24 soatlik tartibda faoliyat ko‘rsatadi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berishicha, 2-martdan boshlab Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan fuqarolarni tezkor xabardor qilish uchun O‘zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi Telegram messenjerida o‘zining rasmiy kanalini ochdi.

Elchixona diplomatik vakolatxona huzuridagi operativ shtab a’zolari bilan aloqaga chiqish ma’lumotlarini (mobil telefonlar raqamlari) e’lon qildi.

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi: (+82) 2 574-65-54, (+82) 2 577-36-60

Zokir Saidov, siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi: (+82) 10-7281-7731

Alisher Abdusalomov, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi: (+82) 10-3213-1972

Erkin Xo‘jayev, birinchi kotib: (+82) 10-2674-7798

Akbarjon To‘rayev, birinchi kotib: (+82) 10-6659-4504

Haydar Fayziyev, konsul, ikkinchi kotib: (+82) 10-6802-1969

Abdumannon Isanov, attashe: (+82) 10-3213-4505

Ayubxon Abdullayev, Uzbekistan Airways AJ vakolatxonasi: (+82) 10 8718-6850

Alisher Sulaymonov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi: (+82) 10-9910-0057

Elchixona internet-resurslari:

Elchixona veb-sayti: http://uzbekistan.or.kr

Elchixonaning Facebook’dagi sahifasi: fb.com/Embassy-of-the-Republic-of-Uzbekistan-in-Seoul

Elchixonaning Telegram’dagi rasmiy kanali: t.me/uzbekembassykorea

Facebook’dagi Uzbek students in Korea guruhi: fb.com/groups/1225827444169019

Telegram’dagi Uzbek students in Korea guruhi: t.me/uzbek_students_korea

Avvalroq O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi huzurida operativ shtab o‘z ishini boshlagani va u Koreya Respublikasida COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar 24 soatlik tartibda faoliyat ko‘rsatishi ma’lum qilingandi.

Operativ shtab bergan ma’lumotga ko‘ra, 3-martda Koreya Respublikasi hududidagi O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirusga chalinganlar qayd etilmagan.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreyada koronavirus qurbonlari soni 35 kishiga yetdi. Mamlakatda o‘tgan sutka ichida COVID-2019 koronavirusi bilan kasallanishning 438 ta yangi holati qayd etildi.

O‘zbekistonda koronavirus tarqalgan 14 davlatdan kelgan fuqarolarni karantinga olish haqida qaror qabul qilindi. Ushbu davlatlar orasida Janubiy Koreya ham bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют