» » TIV Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari, ularning oila a’zolari va yaqinlariga murojaat qildi

TIV Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari, ularning oila a’zolari va yaqinlariga murojaat qildi


2020-yil 29-fevraldan boshlab O‘zbekistonning Koreya respublikasidagi elchixonasi huzurida tezkor shtab o‘z ishini boshladi va u Koreya respublikasida COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar 24 soatlik tartibda faoliyat ko‘rsatadi, deyilgan O‘zbekiston TIV xabarida.

Shtab a’zolari O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazib tushuntirish ishlari olib bormoqda va tashkiliy-texnik masalalarni hal qilmoqda.

Elchixonaning rasmiy veb-saytida va Facebook'dagi sahifasida, Facebook va Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi “Uzbek students in Korea” guruhlarida tezkor axborotlar doimiy asosda joylashtirilmoqda.

Elchixona Janubiy Koreya tomonining vakolatli organlari bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi va O‘zbekiston fuqarolarining konsullik-huquqiy ahamiyatdagi, boshqa turdagi masalalarini hal qilishga ko‘maklashadi. Xususan, Koreya respublikasi Adliya vazirligi mamlakatda qonuniy asosda bo‘lib turgan barcha O‘zbekiston fuqarolarining ID-kartalari amal qilish muddatini bir oyga uzaytirdi.

Operativ shtab bergan ma’lumotga ko‘ra, 3-mart tongi holatiga ko‘ra Koreya respublikasi hududidagi O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirus bilan kasallanganlar qayd etilmagan.

Elchixona o‘zbekistonliklarni o‘z qarorlarini, jumladan vatanga qaytish to‘g‘risidagi qarorlarini jiddiy o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilib, Koreya respublikasi hukumati ilg‘or tibbiyot texnologiyalardan foydalangan holda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rayotganini qayd etgan.

Xabarga ko‘ra, kasallik aniqlangan taqdirda chet el fuqarolariga davolash bilan bog‘liq bepul malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini kafolatlangan.

Shuningdek TIV ma’lumotida O‘zbekiston Respublikasining Koreya respublikasidagi elchixonasi huzurida tashkil qilingan tezkor shtab a’zolarining telefon ma’lumotlari, elchixona veb-sayti (http://uzbekistan.or.kr) va elchixonaning Facebook’dagi sahifasi orqali fuqarolarning murojaatlari qabul qilinishi eslatilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют