» » Vazirlar Mahkamasida koronavirusning turizmga ta’siri muhokama qilindi

Vazirlar Mahkamasida koronavirusning turizmga ta’siri muhokama qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida mamlakatga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi a’zolari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Mavzuga doir: Koronavirusdan qanday saqlanish mumkin? Mutaxassis tavsiyalari

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimlarining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va ushbu hududlardagi soha tadbirkorlari, xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi, Otelyerlar assotsiatsiyasi, Oshpazlar, Restoratorlar uyushmalari rahbarlari va a’zolari qatnashdi.

Yig‘ilishda koronavirus infeksiyasining O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. Jumladan, epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda mamlakatda yuqumli kasalliklar, jumladan, koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralaridagi mavjud barcha sanitariya-karantin punktlarida qat’iy nazorat o‘rnatilib, ushbu punktlar zamonaviy tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta’minlangani qayd etildi.

Videoselektorda mutasaddi tashkilotlar tomonidan koronavirusning turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.

Unda turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, tashqi ta’sir omilini pasaytirish maqsadida ichki turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish, koronavirus qayd etilmagan davlatlardan sayyohlarni jalb qilishga oid qo‘shimcha choralar ko‘rish, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish ko‘zda tutiladi.

Mavzuga doir: Koronavirusni deb jahon bo‘ylab qaysi tadbirlar bekor qilindi yoki boshqa sanaga qoldirildi? Ro‘yxat

Shuningdek, bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida sayyohlarning mamlakatga kelishi jarayonida sanitariya talablariga to‘liq rioya qilish va turli kasalliklardan ehtiyot choralarini ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha mamlakatda 1500 ga yaqin sayyohlik firmasi hamda 1188 ta turli darajadagi mehmonxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonga xorijdan 6,7 million sayyoh tashrif buyurgan.

Yig‘ilish so‘ngida koronavirusning turizmga ta’sirini kamaytirish borasida tezkor chora tadbirlar rejasi qabul qilinishiga kelishib olindi.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Koronavirus bo‘yicha 5-martning asosiy xabarlari

Avvalroq Buyuk Britaniyaning mashhur jurnallaridan biri bo‘lgan The Telegraph O‘zbekistonni sayyohlar tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan koronavirusdan xoli 19 davlat ro‘yxatiga kiritgan edi. Shuningdek, O‘zbekiston dunyoda koronavirus tarqalgani tufayli taxminan bir milliard dollar yo‘qotishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Koronavirus sababli Tailandga keladigan sayyohlar soni 6 mln kishiga kamayishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют