» » Italiyada “koronavirus mahsulotlari” sotiladigan do‘kon kirdikorlari fosh qilindi

Italiyada “koronavirus mahsulotlari” sotiladigan do‘kon kirdikorlari fosh qilindi


Italiya moliyaviy gvardiyasi “Koronavirus-shop” dеya ataluvchi kasallikdan himoya vositalarini sotadigan do‘konni yopdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, “Koronavirus-shop” kasallikka qarshi kurashda katta foyda keltiradi degan yolg‘on bilan juda qimmat narxlarda virusdan himoya vositalarini pullagan. Jumladan, ionizatorlar, niqoblar, kombinzonlar, ko‘zoynaklar, qo‘lqop, dezinfeksiya vositalari, respiratorlar, bioqo‘shimchalar va h.k. kabi buyumlarni, hatto 1000 yevro narxida sotilgan.

“Turin tezkor boshqarmasining yashil beretlar guruhi bundan tashqari yana 14 ta tadbirkor faoliyatini fosh etdi, ularning bari italiyaliklar, ko‘pchiligi firibgarlik yo‘li bilan harakat qilgan”, - deyiladi huquq-tartibot idoralarining press-relizida. Endi ularga ikki yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Italiyada internet firibgarligining ko‘rsatkichi 33 tagacha ko‘paygan. Ularning hammasi yangi turdagi koronavirusdan to‘liq himoyani va’da qilib odamlarni aldaydi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют