» » Tojikistonda koronavirus sababli masjidlar yopilgani, maktablar esa yopilmagani sababi tushuntirildi

Tojikistonda koronavirus sababli masjidlar yopilgani, maktablar esa yopilmagani sababi tushuntirildi


Tojikistonda oliy va o‘rta ta’lim muassasalari karantinga yopilmaydi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligining koronavirusning oldini olish shtabi boshlig‘i Mirhamuddin Kamolzodaga tayanib, “Dialog.tj” xabar berdi.

4-mart kuni Tojikiston ulamolari kengashi Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyasiga ko‘ra, imom-xatiblarga masjidlarda jamoat namozlarini vaqtincha o‘tkazmaslik tavsiyasi bilan murojaat qilgan.

Shundan keyin respublikadagi barcha masjidlar yopilgan. Kamolzodaning ta’kidlashicha, Tojikistonda koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmagan bo‘lsa-da, hokimiyat nafaqat masjidlar, balki boshqa bir qator muassasalar faoliyatini cheklashga majbur bo‘lmoqda.

Kamolzoda maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalar muntazam ko‘rikdan o‘tkazilayotgani va ota-onalarga maslahatlar berib borilayotganini ma’lum qilgan.

“Harorati yuqori yoki nafas olishida shikoyati bo‘lgan bolalar shifokorlarga murojaat qilishi lozim, ular ta’lim muassasasiga tashriflardan ozod qilinadi. Vazirlik maktab va OTMlarga o‘quvchi va talabalar haroratini o‘lchash uchun termometrlar xarid qilish vazifasini topshirgan. Barcha ta’lim muassasalarida ularning yopilishini istisno qiluvchi, binolarni zararsizlantirish kabi epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilmoqda”, — deydi mutaxassis.

“Respublikaning yirik shaharlaridagi masjidlarga xorijliklar ham kelib namoz o‘qiydi. Ma’lumki, koronavirus havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Bizda masjidlarni kuniga 6-7 martalab tozalash va gilamlarni xlorli vositalar bilan zararsizlantirish imkoni yo‘q”, — deb ta’kidlab o‘tgan Kamolzoda va hokimiyat tomonidan bu borada boshqa musulmon davlatlar tajribasi o‘rganilganini qo‘shimcha qilgan.

Shuningdek, Tojikiston Ta’lim va fan vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyasiga ko‘ra, Navro‘z bayramiga tayyorgarlikni to‘xtatgan.

6-mart holatiga ko‘ra, Xitoyda 80 552 kishida koronavirus aniqlangan. Mamlakat bo‘ylab kasallik oqibatida vafot etganlarning umumiy soni 3042 kishini tashkil etmoqda. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi 4-martdan boshlab aholini koronavirusdan himoyalanish haqida SMS xabarlar orqali ogohlantira boshladi. Tojikiston va Xitoy o‘rtasidagi aviaparvozlar 24-yanvarda to‘xtatilgan. Shuningdek, mamlakat hukumati koronavirus kasalligining tarqalish xavfi sabab 35 ta xorij davlatlar fuqarolarining o‘z hududiga kirishini taqiqlangan, qo‘shni davlat Afg‘oniston bilan chegara nazoratini kuchaytirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют