» » Koronavirus xavfi tufayli Tojikiston Afg‘oniston bilan chegara nazoratini kuchaytirdi

Koronavirus xavfi tufayli Tojikiston Afg‘oniston bilan chegara nazoratini kuchaytirdi


Tojikiston Afg‘oniston bilan chegara o‘tish nuqtalarida nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Mirxamuddin Kamolzodaga tayanib, “Sof.uz” xabar berdi.

Kamolzodaning ta’kidlashicha, gap chegara o‘tish nuqtalarini to‘liq yopish haqida ketmayapti.

“Hozir xodimlarimiz chegarada va u yerda vaziyat nazorat ostida. Mamlakatimizga koronavirus kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida chegara punktlarida va aeroportlarda Afg‘onistonning tegishli organlari bilan yaqindan ishlayapmiz”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunga qadar Tojikistonda 1148 nafar fuqaro karantinda saqlangan bo‘lib, ularning 882 nafari karantindan chiqarilgan.

Mavzuga doir: Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. Hirotda favqulodda holat e’lon qilindi

Avvalroq O‘zbekiston ham Afg‘oniston bilan chegarasini koronavirus sabab yopishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 12) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют