» » Koronavirus keng tarqalgan Eronda ayni paytda 50 nafar O‘zbekiston fuqarosi bor. TIV ularga murojaat yo‘lladi

Koronavirus keng tarqalgan Eronda ayni paytda 50 nafar O‘zbekiston fuqarosi bor. TIV ularga murojaat yo‘lladi


Tashqi ishlar vazirligi Eron hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari hamda ularning qarindoshlari va yaqinlariga murojaat qildi.

Qayd etilishicha, 1-martdan boshlab Tehron shahridagi O‘zbekiston elchixonasi huzurida ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, u Eronda COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashganiga qadar tun-u kun faoliyat yuritadi.

Elchixona ma’lum qilishicha, hozirgi paytda 50 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi turli sabablarga ko‘ra Eronda bo‘lib turibdi, ertalab 6-mart holatiga ko‘ra ular orasida koronavirus bilan kasallanganlar qayd etilmagan.

Elchixona Eron tomonining vakolatli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ishchi guruh a’zolari uchrashuvlar, tushuntirish ishlari olib bormoqda, shuningdek, vatandoshlarga konsullik huquqiy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam bermoqda.

Elchixona rasmiy veb-sayti va Telegram messenjerida tashkil etilgan maxsus guruh orqali O‘zbekiston fuqarolariga Eron hukumati o‘rnatgan me’yor va qoidalariga, ehtiyotkorlik sanitariya choralariga qat’iy rioya qilishlarini, vatanga qaytish yoki boshqa bir qarorga kelishdan oldin xotirjamlik va ehtiyotkorlik bilan xulosa chiqarishni tavsiya etadi. Shuni yodda tutish joizki, Erondan Toshkentga qaytgach O‘zbekiston fuqarolari maxsus tayyorlangan joyda 14 kun davomida karantinda bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi elchixonasidagi ishchi guruh bilan bog‘lanish ma’lumotlari:

Telefon raqamlari: +98 2122832071; +98 2122299780;

Kosturajon Kosturayev (konsul), telefon raqamlari: +98 91201327823.

Elchixonaning internet manbalari:

Elchixona veb-sayti: http://uzbekembassy.ir/

Telegram’dagi Citizens of Uzbekistan in Iran guruhi.

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi 19-fevral kuni mamlakatda koronavirus bilan kasallangan birinchi holat qayd etilganini ma’lum qilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus bilan zararlanish bo‘yicha tasdiqlangan holatlar soni 2336 taga yetgan. Avvalroq Eronning xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Ma’suma Ebtekar va Eron sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Iraj Xarirchining koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgan edi. Hozirda ular davolanmoqda.

Mavzuga doir: Eronda parlamentning besh nafar deputati koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Bir deputat koronavirusdan vafot etdi

Bundan tashqari, Muvofiqlik kengashining oliy a’zosi Muhammad Mirmuhammadiy va Eronning Vatikandagi sobiq elchisi Xadi Xisravshohiy koronavirusdan vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют