» » Moskvada koronavirus o‘chog‘iga aylangan mamlakatlardan kelgan o‘quvchilarning darsga qatnashi taqiqlandi

Moskvada koronavirus o‘chog‘iga aylangan mamlakatlardan kelgan o‘quvchilarning darsga qatnashi taqiqlandi


Rossiya poytaxtida o‘tgan yaqin vaqt ichida koronavirusdan ayniqsa, ko‘p jabr ko‘rgan mamlakatlarda bo‘lib qaytgan o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga qatnashi taqiqlandi. Shahar Fan va ta’lim departamenti buyrug‘iga muvofiq, ushbu taqiq 10-martga qadar amalda bo‘ladi.

Koronavirus tarqalgan mamlakatlarda bo‘lib qaytgan o‘quvchilar Rossiyaga qaytganidan keyingi 14 kun davomida maktabga bormasligi kerak. Xuddi shunday talab maktab o‘qituvchilariga ham taalluqli.

Buyruqda maktablar ma’muriyatiga dars mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘layotgan o‘quvchilarni masofaviy ta’lim bilan ta’minlash haqida ko‘rsatma berilgan.

Moskva rasmiylarining fikricha, Xitoy, Janubiy Koyerya, Eron, AQSh, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Norvegiya, Germaniya, Shveysariya va Fransiya koronavirus infeksiyasi epidemiyasidan eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakatlardir.

Mavzuga doir: Koronavirus yuqtirib olganlar soni dunyo bo‘yicha 100 ming kishidan oshdi

Moskva meri Sergey Sobyanin 5-martdagi farmoni bilan yuqorida ko‘rsatilgan mamlakatlardan uchib kelgan shahar fuqarolaridan uy sharoitida o‘z-o‘zini ikki hafta muddatga izolyatsiya qilishni talab qilgan edi — mazkur talabga ko‘ra, bu fuqarolar ishga bormasligi, odam gavjum bo‘ladigan joylarga borishni kamaytirishi kerak.

Mavzuga doir:

Qayd etish joiz, Rossiyada yangi qayd etilgan koronavirus bilan kasallanish holatlarining beshtasi Moskva shahrida ro‘yxatga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют