» » Moskvada koronavirus sabab yuqori shaylik rejimi joriy etildi

Moskvada koronavirus sabab yuqori shaylik rejimi joriy etildi


Moskva shahrida koronavirus tarqalishi xavfi sabab yuqori shaylik rejimi joriy etildi. Bu boradagi tegishli qarorni shahar meri Sergey Sobyanin imzoladi.

Qarorda ko‘rsatilishicha, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya, Germaniya va Ispaniyaga borib qaytgan fuqarolar 14 kun davomida o‘zlarini uy sharoitida mustaqil izolyatsiya qilishi kerak — ishga, o‘qishga va jamoat joylariga borishdan tiyilishlari lozim.

Koronavirus aniqlangan boshqa davlatlardan kelgan fuqarolar Rossiyaga qaytib kelganliklari haqida xabar berishi va o‘zlarining telefon raqamlarini qoldirishlari lozim. Kasallik alomatlari aniqlangan vaqtda ular zudlik bilan shifokorga murojaat qilishlari kerak.

Qarorga ko‘ra ish beruvchilarga o‘z xodimlarining tana haroratini ish joyida o‘lchash, kimda yuqori harorat aniqlansa, ishdan chetlatish chorasini ko‘rish majburiyatini yuklaydi. Shuningdek, zarur holatda ish beruvchi xodimlariga uy sharoitida mustaqil izolyatsiya rejimini ta’minlashga yordam ko‘rsatadi.

Sergey Sobyaninning saytida yozilishicha, Moskvada umumiy vaziyat nisbatan tinch.

Mavzuga doir: Rossiya tibbiyot niqoblarining mamlakatdan olib chiqib ketilishiga taqiq qo‘ydi

Avvalroq Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin atrofida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Fevral oyi oxirida Italiyadan qaytgan erkakda koronavirus topilganligi 2-mart kuni ma’lum bo‘ldi. U shifokorlarga murojaat qilgan, shundan so‘ng kasalxonaga davolanish uchun joylashtirilgan. Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus aniqlangandan so‘ng, 85 kishi karantinga olingani, 24 kishi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют