» » Moskva meriyasi tibbiy niqoblarni qimmat narxlarda sotib olganligi aniqlandi

Moskva meriyasi tibbiy niqoblarni qimmat narxlarda sotib olganligi aniqlandi


Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyning ma’lum qilishicha, Moskva sog‘liqni saqlash boshqarmasining dori ta’minoti markazi tibbiy niqoblarni chakana narxdan 2-5 baravar qimmatga sotib olgan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Navalniyning yozishicha, departament bolalar uchun mo‘ljallangan “Bereginya” niqoblarining bitta o‘ramini 472 rubldan sotib olgan. Chakana sotuvda esa shunday niqobning bir o‘rami 207 rubldan sotilmoqda.

Siyosatchining ma’lum qilishicha, uch qavatli Rutex niqoblarining bir donasi departament tomonidan yetti rubldan qimmat narxda sotib olingan. Sil kasalliklari markaziy tekshirish instituti esa bu niqobning bir donasi uchun 1,34 rubl to‘laydi.

Shahar sog‘liqni saqlash departamenti tibbiy niqoblar uchun 28-fevral kuni jami 200 million rubl sarflagan. Favqulodda holat sababli niqoblar yagona yetkazib beruvchi — “Kit” kompaniyasidan sotib olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq oltita yangi holat aniqlandi. Ularning beshtasi Moskvada qayd etilgan, shu bilan birga, ilk bemor tuzalganligi ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Moskvada koronavirus yuqtirib olgan birinchi bemor tuzaldi

Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus sabab shaharda yuqori shaylik rejimini joriy etdi. Shahar merining qarorida ko‘rsatilishicha, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya, Germaniya va Ispaniyaga borib-qaytgan fuqarolar 14 kun davomida o‘zlarini uy sharoitida mustaqil izolyatsiya qilishi kerak — ishga, o‘qishga va jamoat joylariga borishdan tiyilishlari lozim. 10-martdan boshlab, yaqin vaqt ichida koronavirus tarqalgan mamlakatlarda bo‘lib qaytgan maktab o‘quvchilarining maktabga borishi taqiqlanadi.

Fevral oyi oxirida Italiyadan qaytgan erkakda koronavirus topilganligi 2-mart, dushanba kuni, ma’lum bo‘ldi. U shifokorlarga murojaat qilgan, shundan so‘ng kasalxonaga davolanish uchun joylashtirilgan. Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus aniqlangandan so‘ng 85 kishi karantinga olingani, 24 kishi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Jahon bo‘ylab ship-shiydam bo‘layotgan do‘konlar, dunyoning 85 mamlakatiga tarqalgan infeksiya. Koronavirus bo‘yicha 6-martning asosiy xabarlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют