» » JSST koronavirus sabab yuzaga keladigan dorilar tanqisligi holatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

JSST koronavirus sabab yuzaga keladigan dorilar tanqisligi holatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus epidemiyasi tarqalgani tufayli dorilarning yetkazib berilishida uzilishlar kutilayotgani yuzasidan baholash ishlarini boshlagan. Bu haqda Jenevada o‘tgan brifingda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“JSST COVID-19 epidemiyasi sabab kelajakda dorilarning yetkazib berilishida uzilishlar bo‘lishi mumkinligi yuzasidan monitoring ishlarini olib boradi. Xitoy faol farmatsevtik tarkiblar va joriy mahsulotlarning eng katta ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi va ushbu xomashyolarni boshqa mamlakatlarga yetkazib beradi”, – degan u.

Antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchi vositalar, diabet, OIV, sil va bezgakka qarshi dorilar tanqisligi kuzatilishi mumkin.

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, JSST yangi turdagi koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni davolashga zarur bo‘ladigan 20 ta asosiy vositalar ro‘yxatini tuzib, nafas yo‘llarini sun’iy ventilyatsiya qiladigan qurilma va kislorod uskunalarini ham unga kiritgan.

“Ayrim bemorlardagi kislorod yetishmovchiligi ularni hayot va o‘lim o‘rtasiga tushirib qo‘yishi mumkin, ba’zi mamlakatlarda ushbu apparat vositalari yetishmovchiligi kuzatilmoqda, bu COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin”, – deydi Gebreyesus.

JSST rahbari tashkilotning kasallikni aniqlash uchun 40 ta yangi diagnostik testlarni baholashni boshlaganini ham ma’lum qildi. Bundan tashqari, uning aytishicha, 20 ta yangi vaksina ham ishlab chiqish jarayonida va ularda klinik tadqiqotlar o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 

JSST ma’lumotiga ko‘ra 6-mart holati bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming nafardan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют