» » WhatsApp hindistonlik yigitga poyezd ichida tug‘uruqni qabul qilishda yordam berdi

WhatsApp hindistonlik yigitga poyezd ichida tug‘uruqni qabul qilishda yordam berdi


Hindisdonda tibbiyot kolleji talabasi Vipin Kxadse WhatsApp messenjeri orqali o‘zidan tajribaliroq bo‘lgan hamkasblaridan kelgan maslahatlar yordamida poyezd ichida tug‘uruqni muvaffaqiyatli qabul qildi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

7-aprel kuni Ahmadobod — Puri yo‘nalishidagi poyezdda homilador ayolda to‘lg‘oq boshlandi. Provodniklar yordam so‘raganida 24 yoshli Kxadse darhol javob qaytarmadi, u poyezd ichida professional tibbiyot xodimi borligiga umid qilgandi.

Yaqin orada tajribali shifokor bo‘lmaganini anglagan talaba o‘z yordamini taklif qildi. Uning yonida bir nechta tibbiyot asboblari bor edi. Kxadse o‘ziga ishonmagan edi va WhatsApp orqali tajribali hamkasblari bilan ulanishga qaror qildi.

Dunyoga kelgan chaqaloq nafas olmagandi – talaba unga sun’iy nafas oldirdi. Poyezd stansiyaga yetib borgach, ayol shifokorlarga topshirildi. Kambag‘al oiladan chiqqan ayolning qarindoshlari ko‘rsatgan yordami uchun Kxadsega 101 rupiya (2 dollar) pul berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют