» » Xitoyda koronavirusdan tuzalib ketganlar soni 57 ming kishidan oshdi

Xitoyda koronavirusdan tuzalib ketganlar soni 57 ming kishidan oshdi


Xitoyda 7-mart holatiga ko‘ra 57 065 kishi COVID-19 koronavirusidan davolanishga muvaffaq bo‘ldi, ularning bariga uyiga javob berilgan. Bu haqda mamlakatning Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lum qildi.

2019-yil dekabridan beri — yangi turdagi infeksiya tarqalishi boshlanganidan buyon Xitoyda 80 695 ta kasallanish holati aniqlangan edi (xususan, so‘nggi bir sutka ichida 44 nafar yangi bemor ro‘yxatga olingan).

Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka ichida 27 kishi koronavirusdan vafot etgan — ushbu o‘limlarning bari Xubey provinsiyasida qayd etilgan. Shunday qilib, Xitoydagi koronavirus qurbonlari soni 3097 kishiga yetgan.

Xitoyning materikdan tashqari hududlarida epidemiya boshlanganidan buyon 164 ta kasallanish holati ro‘yxatga olingan: Gonkongda 109 ta (ikki kishi vafot etgan), Tayvanda 45 ta (bir kishi vafot etgan), Makaoda 10 ta.

South China Morning Post hisob-kitoblariga ko‘ra, jahon bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 104 mingdan oshgan. Xususan, Janubiy Koreyada 7041 ta, Italiyada 5883 ta, Eronda 5823 ta, Fransiyada 949 ta holat ro‘yxatga olingan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taxminlariga ko‘ra, COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi yozda ham to‘xtamaydi. Tashkilot ijrochi direktori Maykl Rayanning ta’kidlashicha, virus turli iqlim sharoitlarida qanday rivojlanishi borasida hozircha shifokorlarda hech qanday ma’lumot yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют