» » Nyu-York gubernatori koronavirus sabab favqulodda holat e’lon qildi

Nyu-York gubernatori koronavirus sabab favqulodda holat e’lon qildi


AQShning Nyu-York shtatida yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi munosabati bilan favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda shtat gubernatori Endryu Kuomo Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Men koronavirus tarqalishi munosabati bilan Nyu-Yorkda favqulodda holat e’lon qilaman”, — deb yozgan u. Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, shtatda tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 76 taga yetgan, shundan 57 bemor Uestchester okrugida, 11 nafari Nyu-Yorkda, to‘rt nafari Nasso okrugida, Roklend va Saratoga okruglarida esa ikki nafardan.

Kuomoning qayd etishicha, favqulodda holat tartibi kasallik sabab o‘zini o‘zi izolyatsiya qilgan bemorlarni nazorat qilishda mahalliy sog‘liqni saqlash departamentlariga yordam berish maqsadida zarur materiallarni sotib olish va xodimlarni yollash masalasida davlatga tezroq va soddaroq harakat qilish imkonini beradi.

AQSh Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari (CDC) ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha AQShda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 164 ta holat aniqlangan, 11 kishi vafot etgan. Kasallanish holatlari 19 ta shtatda qayd etilgan.

Mavzuga doir: AQShda vitse-prezident va davlat kotibi qatnashgan konferensiyaning ikki ishtirokchisida koronavirus aniqlandi

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi 2019-yil dekabrida Xitoyning Uxan shahridan boshlangan edi. Keyinchalik Xitoyning barcha hududlarida, shuningdek, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Rossiya, Eron, Misr va boshqa qator davlatlarda ham kasallik qayd etildi.

O‘zbekiston koronavirusdan xoli mamlakat bo‘lib qolishda davom etmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik talaba Koreyadan Toshkentga isitma bilan qaytdi, biroq unda koronavirus aniqlanmadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют