» » Iqtisodchi Yuliy Yusupov jahon bozorida neft narxi pasayishda davom etsa, so‘mning devalvatsiyasi muqarrarligini bildirdi

Iqtisodchi Yuliy Yusupov jahon bozorida neft narxi pasayishda davom etsa, so‘mning devalvatsiyasi muqarrarligini bildirdi


Rossiya va Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) kelishuvi buzilishi sharoitida jahonda neft narxining pasayishi tezlashib ketdi. Kelishuv 1-aprelda o‘z kuchini yo‘qotadi va ishlab chiqaruvchi davlatlar cheklovlarsiz neft qazib olish imkoniga ega bo‘ladi. Brent markali neft narxi 9-mart, dushanba, kuni avvalgi minimumidan o‘tib, bir barreli uchun 31,38 dollargacha tushib ketdi. WTI markasidagi neftning narxi esa 31,35 foizga tushib, barreli uchun 28,33 dollarga yetgan. Brent fyuchers markasidagi neftning narxi 28,69 foizga arzonlashib, bir barreli 32,28 dollarga baholangan.

Iqtisodiy rivojlanish markazi direktori, taniqli iqtisodchi Yuliy Yusupov “Kun.uz” nashriga bergan intervyusida ushbu jarayonlarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.

“Qozoq tengesi kursi ham tushib ketishi ehtimoli bor. Rossiya va Qozog‘iston O‘zbekistonning eng yirik xaridorlaridir, shuningdek,ular o‘zbekistonlik tashqi mehnat muhojirlaridan mablag‘ keladigan mamlakatlar hisoblanadi”, — dedi u.

Yuliy Yusupovning fikricha, neft narxi, rubl va qozoq tengesi kurslarining pasayishi sezilarli bo‘lsa va uzoq vaqt davom etsa, ushbu davlatlar iqtisodiyotiga eksport va mehnat muhojirlaridan tushadigan valyuta tushumi kamayadi.

“Mamlakatda valyuta kamaysa, so‘m kursi ham tusha boshlaydi, dollar narxi esa tabiiy ravishda ko‘tariladi. Ya’ni agar neft narxining pasayishi jiddiy kechsa va uzoq vaqt davom etsa, so‘mning devalvatsiyasi muqarrardir”, — deya xulosa qilgan iqtisodchi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 10-martdan amal qiladigan so‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan yangi kurslarini belgilagan. Unga ko‘ra 1 AQSh dollari 13,30 so‘mga arzonlashib, 9500,54 so‘mni tashkil etgan.

Umuman olganda, dollarning so‘mga nisbatan qiymati ketma-ket olti hafta davomida tushmoqda.

Neft narxining pasayishi dunyoning ko‘plab mamlakatlariga, jumladan Rossiya iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan, neft narxining tushishi oqibatlariga qarshi kurashish uchun Qozog‘istonda maxsus shtab tuzilgan. AQShda esa birjalardagi savdolar 7 foizlik pasayish sababli to‘xtatilgan.

Mavzuga doir: Jahon bozorida neft narxining “qulashi”, dollarning yuqorilashi qanday oqibatlarga olib keladi? Asosiy ma’lumotlar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют