» » Neft narxi 20 foizga tushib ketdi

Neft narxi 20 foizga tushib ketdi


9-mart kungi ochiq savdolarda Brent markasidagi neft narxi 38 dollarni tashkil etdi. Savdolarning yopilish vaqtida uning narxi 46 dollarga yetgan, deb xabar beradi “RBK”.

Brent neftining bir barreli 22 foizga arzonlashib, 35,26 dollarga qadar tushib ketgan. Bu vaqt WTI markasidagi neftning narxi 21 foizga arzonlashgan — 32,5 dollar. Savdolar boshlanganida ushbu neft bir barreli uchun 34 dollardan taklif qilingan. Bundan oldingi savdolarning yopilish vaqtida WTI narxi 41 dollarni tashkil etgandi.

Brent 33,55 dollarga qadar tushib ketgan. Mazkur neftning narxi oxirgi marta 2016-yilning yanvarida bu qadar arzonlashgan. Neft 1991-yildan buyon rekord pasayishni ko‘rsatdi, o‘shanda AQSh Fors ko‘rfazida Iroq tomonidan qo‘lga olingan Kuvaytni ozod etish bo‘yicha “Sahrodagi bo‘ron” operatsiyasini boshlagan edi.

Savdolar boshlanishidan bir necha daqiqa oldin Goldman Sachs tijorat banki Brent markasidagi neftning narxi yaqin haftalar ichida bir barreli uchun 20 dollarga tushib ketishini bashorat qildi. Bank o‘z hisob-kitoblarida Brent’ning o‘rtacha narxlarini 2020-yilning ikkinchi va uchinchi choragida keskin ravishda 30 dollarga qadar tushirgan.

“Bizningcha, OPEK va Rossiya o‘tgan dam olish kunlari narxlar urushini boshladi. Bunga Saudiya Arabistoni oxirgi 20 yil ichida o‘z nefti narxini keskin ravishda maksimumga tushirgani sabab bo‘lmoqda”, — deydi bank tahlilchilari.

Eslatib o‘tamiz, 6-mart kuni Vena shahrida OPEK mamlakatlari va neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. OPEK mamlakatlari neft qazib olishni qo‘shimcha ravishda kuniga 1,5 million barrelga qisqartirishni taklif qildi. Shundan 0,5 million barreli Rossiya va OPEK tarkibiga kirmaydigan boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelishi kerak. Qayd etilishicha, Rossiya neft qazib olishni qisqartirish niyatida emas.

Avvalroq koronavirus sababli Brent va WTI markalaridagi neft narxi 2011-yildan buyon kuzatilgan eng katta pasayishga uchragan. Neft narxi 2,5 yil ichida ilk bora 49 dollardan ham arzonlashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют