» » Jahonda neft narxining pasayishi tezlashib ketdi

Jahonda neft narxining pasayishi tezlashib ketdi


Brent markasidagi neftning narxi avvalgi minimumidan o‘tib, bir barreli uchun 31,38 dollargacha tushib ketdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Neft narxining tushishi davom etmoqda. Moskva vaqti bilan soat 07:41 da Brent fyuchers markasidagi neftning narxi 28,69 foizga arzonlashib, bir barreli 32,28 dollarga baholangan. Bir necha daqiqa oldin ko‘rsatkichlar 2016-yilning yanvaridagi minimumni yangilagan edi. WTI markasidagi neftning narxi esa 31,35 foizga tushib, barreli uchun 28,33 dollarga yetgan.

Avvalroq Bloomberg neft 1991-yildan buyon rekord pasayishni ko‘rsatgani haqida xabar bergandi. O‘shanda AQSh Fors ko‘rfazida Iroq tomonidan qo‘lga olingan Kuvaytni ozod etish bo‘yicha “Sahrodagi bo‘ron” operatsiyasini boshlagan edi.

Mavzuga doir: Saudiya Arabistoni Rossiya bilan kelishuv imzolanmagach neft narxini arzonlashtirdi. Rossiya “qora oltin” ishlab chiqarish hajmini oshirmoqchi

Rossiya va Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) 6-mart kuni neft ishlab chiqarishni qisqartirish bo‘yicha amaldagi kelishuvni uzaytirmagan. Oqibatda aprel oyidan boshlab barcha cheklovlar bekor qilinadi. Jahonda neft narxining 20 foizga tushib ketishi fonida dollar kursi 72 rublga, yevro esa 82 rublga yetdi.

Kelishuv amalga oshmagach, neft narxi bir kun ichida qariyb 9 foizga arzonlashgan. Bu oxirgi 11 yil ichida bir kunda kuzatilgan narxning eng yuqori pasayishi bo‘ldi. Saudi Aramco’ning kapitalizatsiyasi IPO narxlaridan ham past qiymatda baholangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют