» » Video: Andijonda bemor ayolning ukasi shifokorga pichoq bilan tajovuz qildi

Video: Andijonda bemor ayolning ukasi shifokorga pichoq bilan tajovuz qildi


Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filialida fuqaro shifokorlarga pichoq bilan tajovuz qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Mazkur holat bo‘yicha, Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi.

“Andijon shahri Dukchi eshon ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi fuqaro M.X. 2020-yilning 29-fevral kuni opasi M.F.ni yashash xonadonida yiqilib tan jarohati olganligi sababli Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filialiga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib kelgan.

Shifoxonada M.X opasi M.F.ning shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi kechikayotganiga jahl qilib, ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘zaro suhbatlashayotgan vaqtida M.X. shifokorlar bilan ‘Nega opamga birinchi yordam ko‘rsatmayapsan?’ deb og‘zaki tortishib, yonida bo‘lgan temir bo‘lagini jahl ustida shifokorlar tomonga otib yuborgan va shovqin qilib, shifoxona tinchligini buzgan.

Mazkur holat bo‘yicha Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filiali xodimlari 2020-yilning 6-mart kuni fuqaro M.X.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga jamoaviy ariza bilan murojaat qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan boshqarma tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi munosabatda.

Ushbu tibbiyot muassasasida ishlayotgan, ismi sir qolishini so‘ragan xodimlardan birining aytishicha, shifokor holat yuzasidan xabar berish maqsadida ichki ishlarga qo‘ng‘iroq qilgayotganida fuqaro “Nega militsiyaga xabar berasan?”, deya pichoq ko‘tarib shifokorlarga tashlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra hech kim jarohatlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, bu O‘zbekistonda tibbiyot xodimlariga tajovuz qilinishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Xususan, 2020-yilning 4-yanvar kuni Namanganda bemorning qarindoshi shifokorning ko‘zini ko‘r qildi, 28-yanvar kuni Farg‘ona shahridagi 2-oilaviy poliklinikada bemor qiz va uning onasi tibbiyot xodimlariga tajovuz qilib, hamshirani kaltaklagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют