» » Qashqadaryoda besh kishi ko‘mir, to‘rt kishi tandir cho‘g‘idan zaharlandi

Qashqadaryoda besh kishi ko‘mir, to‘rt kishi tandir cho‘g‘idan zaharlandi


Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga 25-noyabrga o‘tar kechasi soat 02:40 da bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan zaharlangan holda keltirilgan.

Xabar berishlaricha, Qarshi shahar “Kat” mahallasida yashovchi 37 yoshli Sh.T., 32 yoshli G.X., 13 yoshli Sh.N., 11 yoshli Sh.N. va 4 yoshli E.N. xonadonda ko‘mir yoqish natijasida is gazidan o‘rta og‘ir darajada zaharlangan.

Xonadon sohibining kechqurun ko‘mir cho‘g‘ida kabob tayyorlagani va qolgan cho‘g‘ni uyga olib kirib qo‘ygani noxush hodisaga sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Shuningdek, 26-noyabr kuni soat taxminan 22:00 da Qarshi tumani Parg‘uza qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.B. xonadonida to‘rt kishi is gazidan zaharlangani qayd etilgan. Aniqlanishicha, ushbu noxush hodisaga tandirda yoqilgan o‘tin cho‘g‘i uyga olib kirilganligi sabab bo‘lgan.

Mazkur oiladan xonadon sohibi — 45 yoshli Sh.B. yengil zaharlangan, unga ambulator yordam ko‘rsatilgan. Oilaning boshqa a’zolari — 41 yoshli T.V., 17 yoshli J.T., 9 yoshli Sh.T. is gazidan o‘tkir zaharlanish o‘rta og‘ir darajasi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga yotqizilgan.

“Bemorlarga tajribali shifokorlar tomonidan malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, — deya xabar bermoqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют