» » Jizzaxda is gazidan bir oilada ikki kishi zaharlandi, bir kishi vafot etdi

Jizzaxda is gazidan bir oilada ikki kishi zaharlandi, bir kishi vafot etdi


Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani, G‘.G‘ulomov mahallasida yashovchi R.R. hamda uning turmush o‘rtog‘i U.R. va farzandi Sh.R.lar yashash xonadoni oshxonasida o‘rnatilgan gaz plitasidan chiqqan is gazidan zaharlangan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, R.R. voqea joyida vafot etgan, U.R. hamda Sh.R.lar shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi namunaviy uylarning birida sizib chiqqan gaz to‘planib qolishi oqibatida portlash yuz bergandi. Buning oqibatda ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan, to‘rt kishi esa kasalxonaga yotqizilgandi. Qashqadaryoda sakkiz kishi is gazidan zaharlangan va kasalxonaga yotqizilgandi hamda Nukusda er-xotin is gazidan zaharlanib o‘lgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют