» » O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha o‘tkazilgan 1760 ta laboratoriya tahlilining birortasida ham virus aniqlanmadi

O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha o‘tkazilgan 1760 ta laboratoriya tahlilining birortasida ham virus aniqlanmadi


O‘zbekistonda 2020-yil 15-yanvardan hozirgi kunga qadar koronavirus bo‘yicha tibbiy kuzatuvga olingan fuqarolardan 5000 nafarga yaqini kuzatuvdan chiqarilgan, 1542 nafar fuqaroda tibbiy kuzatuv davom ettirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ma’lum qildi.

Vazirning aytishicha, koronavirus qayd etilgan Xitoy va boshqa davlatlardan kelgan fuqarolarning epidemik va klinik ko‘rsatmaga asosan 1760 nafaridan laboratoriya tahlili uchun olingan biologik namunalarda koronavirus aniqlanmadi.

Qayd etilishicha, davlat chegaralaridagi mavjud 53 ta sanitariya-karantin punktiga qo‘shimcha shifokorlar, teplovizor va kontaktsiz termometrlar, shaxsiy himoya vositalari ajratilib, ularning faoliyati samaradorligi kuchaytirildi. Ushbu punktlardan o‘tayotgan har bir fuqaroning yashash joyi bo‘yicha ma’lumotlar olinib, birlamchi tibbiy muassasalari tomonidan ular ustidan 14 kunlik tibbiy kuzatuv yo‘lga qo‘yilgan.

Alisher Shodmonov O‘zbekistonga koronavirus kirib kelmaganini ta’kidlagan hamda u kirib kelgan taqdirda, uni yashirish imkonsiz ekanligini aytgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida koronavirus tarqalgani, xususan, ikki bemorning shahardagi 16-kasalxonaga yotqizilgani haqidagi audioxabarlar tarqaldi. Keyinroq Sog‘liqni salqash vazirligi mazkur xabarlarni rad etdi va ushbu ma’lumot haqiqatga zid ekanligini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Rossiyada koronavirus yuqtirib olish imkonini nolga teng deb baholagan ekspert O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olishga yordam beradi

Koronavirus sababli Toshkentda 23—25-aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Tashkent Law Spring II xalqaro yuridik forumi keyinga qoldirildi.

Koronavirus sababli Eron—Turkmaniston chegarasida qolib ketgan 11 o‘zbekistonlik Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘ragan.

Mavzuga doir:Eron—Turkmaniston chegarasida qolib ketgan haydovchilarning oziq-ovqatlari tugamoqda

Eslatib o‘tamiz, JSST koronavirusning dunyo miqyosida tarqalishda davom etib, pandemiyaga aylanishi mumkinligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют