» » Toshkentda qurilayotgan 3 qavatli ko‘prik Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi (video)

Toshkentda qurilayotgan 3 qavatli ko‘prik Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi (video)


Toshkent shahridagi Parkent va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan uch qavatli ko‘prikning qurilish ishlarini 17-martga yakunlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Toshkentda uch qavatli ko‘prik qurilayotgani sabab ayrim yo‘llar 10 kunga yopiladi

Ikki tumanni bir-biriga bog‘laydigan va shu huddudagi tirbandliklarni bartaraf etish uchun qurilayotgan ko‘prik va tunnelning umumiy loyiha qiymati 140 milliard so‘mni tashkil etadi. Loyiha doirasida bitta tunnel, ikkita yo‘l o‘tkazgich, bitta halqasimon yo‘l va bitta ko‘prik qurildi.

Mavzuga doir: Toshkentda qurilayotgan uch qavatli ko‘prik sabab 9 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi

Ayni paytda obyektda qurilish ishlari to‘liq yakunlangan, pardozlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Davron Hidoyatovning ma’lum qilishicha, barcha obodonlashtirish va pardoz ishlari 17-mart kuni yakuniga yetadi hamda yo‘lning barcha qismi harakatlanish uchun ochiladi.

Mavzuga doir: “O‘zbekiston temiryo‘llari” mamlakatdagi ilk uch qavatli yo‘l o‘tkazgichni 2020-yilgacha qurib bitirishini e’lon qildi. Chakki qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют