» » Tailand koronavirus sababli O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatdi

Tailand koronavirus sababli O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatdi


Tailand hukumati koronavirusning keng tarqalishi sababli 11-mart, chorshanba kuni, O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish vizasini berishni to‘xtatdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Tailand hukumati O‘zbekistondan tashqari yana 17 mamlakat fuqarolari uchun ham kirish vizalarini berishni to‘xtatgan. Ular qatoridan Bolgariya, Butan, Efiopiya, Fiji, Gruziya, Kipr, Malta, Meksika, Nauru, Papua Yangi Gvineya, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Vanuatu, Xitoy hamda Qozog‘iston o‘rin olgan.

Ta’kidlanishicha, ro‘yxatdagi mamlakatlar orasidan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Efiopiya, Fiji, Nauru, Papua Yangi Gvineya, Vanuatuda koronavirus holati qayd etilmagan. Viza berishga qo‘yilgan cheklovlar qancha vaqt davom etishi ma’lum qilinmagan.

Cheklov joriy etilgunga qadar ushbu mamlakatlar va hududlarning fuqarolari pasportlari yoki yo‘l hujjatlari bilan Tailanddagi immigratsiya punktlariga yetib borganida, viza olish uchun murojaat qilishi mumkin edi.

Tailand ichki ishlar vaziri tomonidan ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreya, Italiya, Gonkong fuqarolari uchun barcha turdagi vizalar bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalgan 14 davlatdan kelgan fuqarolarni karantinga olish haqida qaror qabul qilingan. Mazkur qarorga ko‘ra, O‘zbekistonga Tailanddan kelgan fuqarolar, xususan, ekipaj a’zolari, lokomotiv brigadalari, temiryo‘l transporti faoliyati bilan bog‘liq shaxslar va xalqaro avtoulovlarda yuk tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilar yashash joylaridagi davolash-profilaktika muassasalari shifokorlari tomonidan 14 kun mobaynida tibbiy kuzatuvga olinadi. Ularga aholi ommaviy to‘planadigan joylarga bormaslik, odamlar bilan muloqotni mumkin qadar kamaytirish tavsiya qilinadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 1900 dan ortiq kishi koronavirus bo‘yicha tibbiy kuzatuvda turibdi. Mamlakatda shu kungacha koronavirus qayd etilmadi

Avvalroq O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov mamlakatda koronavirus bo‘yicha o‘tkazilgan 1760 ta laboratoriya tahlilining birortasida ham virus aniqlanmaganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, vazir O‘zbekistonga koronavirus kirib kelmaganini ta’kidlagan hamda u kirib kelgan taqdirda, uni yashirish imkonsiz ekanligini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют