» » Ko‘prik qurilishi sabab vaqtincha yopilgan Parkent ko‘chasi iltimoslarga ko‘ra qayta ochiladi

Ko‘prik qurilishi sabab vaqtincha yopilgan Parkent ko‘chasi iltimoslarga ko‘ra qayta ochiladi


Yashnobod tumani Parkent va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasidagi uch qavatli ko‘prik qurilishi ishlarini jadallashtirish va ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ayrim ko‘chalar yopilayotgani haqida xabar berilgan. “Toshshahartransxizmat” ushbu ko‘chalardan o‘tuvchi avtobuslar endilikda boshqa yo‘nalish bilan harakatlanishini ma’lum qilgandi. Maxtumquli ko‘chasining Parkent, Mirzo Ulug‘bek va Pahlavon Mahmud ko‘chalari oralig‘idagi qismi 13-martga qadar yopiq bo‘lishi haqida ma’lumot berilgandi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, Maxtumquli ko‘chasida ko‘prik qurilishi ishlariga qaramay, 12-mart kuni soat 08:00 da Parkent ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l Maxtumquli ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasiga bo‘lgan yo‘nalishda ochiladi.

Hokimlik qurilish ishlari davom etishi va haydovchilardan xavfsizlik choralariga rioya qilishni so‘rab ularni ogohlantirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 120) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют