» » Sariosiyoda bank xodimlari o‘qituvchilarning 1,2 mlrd so‘mini o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi

Sariosiyoda bank xodimlari o‘qituvchilarning 1,2 mlrd so‘mini o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan “Qishloq qurilish bank”ning tuman filialida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlaydigan Sh.Sh. va boshqalarga qarshi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi, deya xabar berdi “Gazeta.uz”.

Olingan tezkor ma’lumotlar va to‘plangan hujjatlarga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Sh.Sh. va boshqalar 2019-yil dekabr va joriy yilning yanvar oylarida tuman xalq ta’limi tizimidagi maktab o‘qituvchilari va xodimlariga to‘lanishi kerak bo‘lgan ish haqlari va bo‘nak (avans) pullari hisobidan jami 1,2 milliard so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu tekshiruv davomida bank xodimlari tomonidan o‘zlashtirilgan budjet pul mablag‘lari departament tashabbusi bilan undirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Sh. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют