» » Namanganning Yangiqo‘rg‘on tumanida “Ishonch” kredit-savdo markazining yana bir filiali o‘z faoliyatini boshladi

Namanganning Yangiqo‘rg‘on tumanida “Ishonch” kredit-savdo markazining yana bir filiali o‘z faoliyatini boshladi


Yangi filial kredit-savdo markazining 14-filiali bo‘lib, joriy yil yakuniga qadar Farg‘ona vodiysi shahar-tumanlarida bunday filiallar sonini 25 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Uch ming turdan ko‘proq keng assortimentdagi mahsulotlar qadrdon oilangiz yoki ofisingizda yuksak did va zamonaviy turmush sharoitiga mos sharoitlarni yaratish imkonini beradi. Tantanali marosimda muddatli to‘lov asosida kreditni rasmiylashtirgan ilk mijozlar uchun turli aksiyalar tashkil etilib, omadli ishtirokchilar qo‘shimcha bonus sifatida qimmatbaho sovg‘alar yutib olgani barchaga bayramona kayfiyat hadya etdi.

Ta’kidlash joizki, “Ishonch” kredit-savdo markazi jamoasi mijozlar uchun qulay va tezkor xizmatlar ko‘rsatishni oliy qadriyat sifatida belgilagan. Shu bois markazning har bir filialida mijozlar istalgan turdagi mahsulotni ortiqcha rasmiyatchiliksiz, faqat fuqarolik pasporti yordamida 15 daqiqada rasmiylashtirishi mumkin. Mahsulotlarni yetkazish, o‘rnatib berish va tushuntirish ishlari markaz mutaxassislari tomonidan bepul tarzda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Shu bilan birga kredit-savdo markazi tomonidan mijozlarga o‘z uyi yoki ish joyida o‘tirgan holda tezkor xizmatlarimizdan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Bu borada ijtimoiy tarmoqlar orqali zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati jadal rivojlanmoqda. Bundan tashqari, markaz fililalarida muntazam ravishda mijozlarga chegirmalar taqdim etish, turli yutuqli aksiyalar uyushtirish yaxshi an’anaga aylangan. Mijozlar manfaati ustuvorligini ta’minlash maqsadida 24/7 rejimida ishlovchi yagona aloqa markazi faoliyat ko‘rsatadi.

Yaqin kunlarda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida markaz filiallari tantanali ravishda o‘z ishini boshlashi kutilmoqda. Zamonaviy mezonlar asosida faoliyat boshlaydigan ikkita filialda ham mijozlarga xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

“Ishonch” kredit-savdo markazi hamyurtlarimiz orzularini ro‘yobga chiqarish hamda oilalarga baxt va quvonch ulashishda davom etadi.

Savdo markazining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram: Mijozlar guruhi: t.me/@ishonchmijozlari

Sahifa: t.me/@ishonchkredit

Instagram: instagram.com/@ishonchkredit

Youtube: youtube.com/@ishonchkredit

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют