» » AT “Aloqabank” Qashqadaryo filiali yangi binoda faoliyat yuritishni boshladi!

AT “Aloqabank” Qashqadaryo filiali yangi binoda faoliyat yuritishni boshladi!


Yangi binoning ochilish marosimi 2019-yil 15-iyunda bayramona ruhda tashkil etildi. O‘tkazilgan tadbir davomida maxsus aksiya o‘tkazilib, unda qatnashgan mehmonlar turli qimmatbaho sovg‘alar egalariga aylanishdi.

AT “Aloqabank” Qashqadaryo filiali 17 yildan buyon tadbirkorlik subyektlari va aholiga ishonchli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Endilikda Qashqadaryo filialining mijozlari zamonaviy, shinam va ko‘rkam binoda bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Filial mijozlar uchun har tomonlama qulay bo‘lgan Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 7-A uyda o‘z faoliyatni boshladi.

Filial qoshida 24x7 o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etilgan bo‘lib, jismoniy shaxslar tun-u kun bankomat xizmatidan foydalanib, naqd pul yechish va plastik kartani mablag‘ bilan to‘ldirish xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, mijozlar filialda AloqaExpress innovatsion xizmatidan foydalanib respublika hududi bo‘ylab pul o‘tkazmalarini jo‘natish va qabul qilish hamda xalqaro VISA Classic kartalarini mutlaqo bepul ochish imkoniyatiga egalar.

Biz sizlarni AT “Aloqabank” Qashqadaryo filialida kutamiz.

Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 7-A uy

Telefon: 75-221-00-90

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют