» » Rossiya italiyaliklar va Apenin yarimorolidan kelgan boshqa xorijliklarga mamlakat hududiga kirishni vaqtincha taqiqladi

Rossiya italiyaliklar va Apenin yarimorolidan kelgan boshqa xorijliklarga mamlakat hududiga kirishni vaqtincha taqiqladi


Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus sababli 13-martdan boshlab Italiya fuqarolarini mamlakat ichkarisiga o‘tkazmaslik haqidagi hukumat farmoyishini imzolagan, deb yozmoqda TJournal.

Taqiq Italiyada bo‘lib qaytayotgan boshqa xorijliklarga ham taalluqli va YeIIga a’zo mamlakatlarning fuqarolari bundan mustasno ekani aytilmoqda.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 12-martning asosiy xabarlari

Hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutka davomida Rossiyada koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 6 ta yangi holat kuzatilgan: 4 nafar bemorning Moskvada, bir nafar odam Krasnodar o‘lkasida va yana bir nafar fuqaro Kaliningrad viloyatida ekani ma’lum qilingan. Kasallanganlarning hammasi Italiyadan 1-mart kuni qaytgan odamlar. Shu tariqa Rossiyada virus bilan kasallanganlar soni 34 nafarga yetgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют