» » Armanistonda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha uchta yangi holat qayd etildi

Armanistonda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha uchta yangi holat qayd etildi


Armanistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha uchta yangi holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyanga asoslanib “RIA Novosti” xabar bergan.

Avval Armanistonda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha bitta holat kuzatilgandi.

“Afsuski, bugun mamlakatda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha uchta yangi hoalt kuzatildi. Ikki nafar (ularning yoshi mos ravishda 45 va 27 da) Armaniston fuqarosi hamda mamlakatda ishlovchi Italiya fuqarosida (51 yosh) kasallik borligi aiqlangan. Uchala odamning ham yaqinda Italiyadan kelgani ma’lum bo‘ldi”, — deb yozgan Armaniston bosh vaziri Facebook’dagi sahifasida.

Mavzuga doir: Iroqda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat aniqlandi

Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda bemorlarning Italiyadan qaytgach kimlar bilan muloqot qilganligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Italiya fuqarosi va Armaniston fuqarolarining birida sog‘lig‘i bilan bog‘liq shikoyatlar yo‘q. Boshqa bir armanistonlikda esa pnevmoniya kasalligi boshlangan”, – deya qo‘shimcha qilgan Pashinyan.

Shuningdek, u karantinga olingan 32 nafar fuqarolarning holati yaxshi ekanini ham ta’kidlab o‘tgan.

Mavzuga doir: 

11-mart holatiga ko‘r, Xitoyning materikli qismida koronavirus bilan kasallanganlar soni 81 ming nafarga yetgan, vafot etganlar soni 3158 nafarni va tuzailb ketganlar soni 61 ming nafarni tashkil qilgan. JSST ma’lumoti bo‘yicha, XXRdan tashqarida, ya’ni boshqa dunyo mamlakatlarida jami 872 nafar odam infeksiya keltirib chiqargan pnevomniya kasalligi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют