» » Turkmaniston bilan chegaralarning yopilishi ortidan Qozog‘istonda pomidor va bodring qimmatlashdi

Turkmaniston bilan chegaralarning yopilishi ortidan Qozog‘istonda pomidor va bodring qimmatlashdi


Turkmaniston bilan chegaralarning yopilishidan so‘ng Qozog‘istonning Aqtau shahrida pomidor va bodringning narxi ikki baravarga qimmatlashdi, deb xabar berdi “Xroniki Turkmenistana”.

Meva-sabzavot yetkazib berish ulgurji kompaniyasi bosh direktori Turkmaniston chegarani yopib qo‘ygandan so‘ng , mahalliy issiqxona darhol o‘z mahsulotlari narxini ko‘tarishga kirishayotganini aytgan.

Qozog‘istonlik ekspertlarning fikricha, Turkmaniston chegaralarni mahalliy fermerlar sabzavotlarni eksport qilmasligi hamda o‘z bozorida ularning narxi tushishi uchun yopgan.

Biroq bu Turkmaniston bilan chegaradosh Mang‘istov viloyatiga ta’sir ko‘rsatdi, bu yerda sabzavot narxi ikki barobarga oshdi. Hududda pomidor bilan bodring ananasdan ham qimmatroqqa sotilmoqda.

Rasmiylarning fikricha, mintaqadagi vaziyatni koronavirus va dollar kursining oshishi ham og‘irlashtirdi.

Karantin tufayli Erondan tovarlar yetkazib berish to‘xtatildi va Turkiyadan ular qimmat kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Eron—Turkmaniston chegarasi yanvar oyida yopilgan, ushbu voqeadan so‘ng Turkmanistonda Erondan kirib keladigan Coca-Cola va tamaki mahsulotlari yo‘qolib qolgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют